BENSI

BENSI, Bensixu — Xitoyning shimoli sharqidagi shahar. Taytszixe daryosi vodiysida, Lyaonin provintsiyasida. Bensidan Shenyan — Andun temir yo’k o’tgan. Aholisi 751 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Toshko’mir, gilli slanes va temir rudasiga boy konchilik rayonining markazi. Bensi mamlakat qora metallurgiya va temir rudasi, metallsozlik sanoatining muhim markazlaridan. Temir rudasi, cho’yan, sifatli po’lat, tsement va koks, o’tga chidamli materiallar ishlab chiqariladi. Yirik tes va konchilik instituti bor.