Bentonit
Bentonit – 1) loy turi; 2) 60% dan kam bo’lmaan miqdorda montmorillonit guruhi minerallaridan tashkil topgan va yuqori bog’lanuvchanlik xususiyatiga, absorbtsion va katalitik faollikka ega bo’lgan gil. Kristobalit, kvarts, tseolitlar, gips, kaltsit, bo’laklarga ajralmaydigan vulkanogen jinslarnin donalari, eruvchan xlor tuzlari aralshmalar sifatida ishtirok etishi mumkin. Aralashmalarga bog’liq holda bentonitlar o’z kimyoviy tarkibi bo’yicha bir-biridan keskin farq qildi. Bentonitlar, odatda kulrang, ko’k, oq, yashil-kulrang va shunga o’xshash ranglarda uchraydi.