BER KARL MAKSIMOVICH
BER KARL MAKSIMOVICH [1792.17(28).2, Estlyandiya 1876.16 (28). 1, Tartu] — tabiatshunos, embriologiya asoschisi Rossiya geografiya jamoatini tuzuvchilardan biri. Ber jo’jalar embriogenezini (1829, 1837), baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilarning embrional rivojlanishini tekshirgan. Embrional rivojlanishning muhim bosqichi — blastulada tafsiflagan. Tip, sinf, turkum, oila, urug’ va tur belgilari embrional rivojlanish jarayonida birin ketin namoyon bo’lishini aniqlagan. Sut emizuvchilarning tuxum hujayrasini kashf etib, noto’g’ri tushunchalarga chek qo’ygan. Umurtqalilarning barcha asosiy a’zolari — xorda, bosh va orqa miya, ko’z, yurak, ayirish a’zolari, o’pka, ovqat hazm qilish yo’li va boshqalarni tadqiq qilib, ularning rivojlanish jarayonini tushuntirib bergan. Ber Novaya Zemlya orolini, Kaspiy dengizini tadqiq qilgan. Daryo qirg’oqlarining yuvilish qonuniyatini tushuntirgan.