BERD

BERD, Byord (Byrd) Richard (1888.25.10, Uinchester—1957.12.3, Boston) — amerikalik qutb tadqiqodchisi, uchuvchi, admiral. 1926 yilda birinchi marta Shim. qutb ustiga uchib, qo’nmasdan qaytib kelgan. AQShning Antarktikaga uyushtirgan 4 yirik ekspeditsiyasiga (1928— 30, 1933-35, 1939-41 va 1946-47) rahbarlik qilgan. 1929 yil noyabrda Janubiy qutb ustidan uchib o’tdi. Ekspeditsiyalar davomida meteorologik kuzatishlar, geologik tadqiqotlar o’tkazdi. Ross muz to’sig’ini seysmologik jihatdan tadqiq qilgan. G’arbiy Antarktidada toshko’mir konlari borligini aniqladi. So’nggi ekspeditsiyada G’arbiy Antarktida sohili aerofotos’yomka qilindi, bir necha plato, tog’tizmalari, muzliklar xaritaga tushirildi. Antarktidadagi ilmiy stansiyalardan biri Berd nomiga qo’yilgan.