BERENDEYLAR
BERENDEYLAR — rus yilnomalarida 11-asrdan 12-asr oxiriga qadar tilga olingan turkiy ko’chmanchi qabila. Berendeylar nomi ba’zi tarixchilar (S. Pletneva) fikriga ko’ra «Boyandurlar» nomining ruscha noto’g’ri atalishidir. 11-asrning 2-yarmida Berendeylar boshqa turkiy xalqlar (bijanaklar, torklar) bilan birga rus yerlarining Janub rayonlariga (Kiyev, Pereyaslav knyazliklariga yaqin) kelib joylashib olgan. Taxminan 1146 yilda bular bitta qabilaga birlashib, «Qoraqalpoqlar» («cherniye klobuki») deb atalgan. Mo’g’ullar istilosi vaqti (13-asr boshi)da Berendeylarning bir qismi Bolgariya va Vengriyaga borib joylashgan, yana bir qismi Oltin O’rda aholisiga qo’shilib ketgan.