BERILLIY
BERILLIY (Beryllium), Be— kimyoviy element. Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub, tartib raqami 4, atom molekula. 9,012; kumushdek oq, yengil va qattiq metall. Tabiatda bitta barqaror izotop ‘Be holida uchraydi. Frantsuz kimyogari L. Voklen 1798 yilda berill mineralidan ajratib olingan oksidi Veo shaklida topgan (Berilliyning nomi ham shundan olingan). F. Vyoler bilan A. Byussi 1828 yilda birbiridan mustaqil holda metall Berilliyni birinchi marta sof holda olgan. Berilliyning yer po’stidagm o’rtacha miqdori og’irlik jihatdan 610~ 4% ga teng. Dengiz va okean suvlarida esa 610~4~7 milligramm/litrni tashkil etadi. Berilliyning 54 ta minerali ma’lum. Ulardan berillning amaliy ahamiyati katta, fenakit, gelvin, xrizoberill, bertranditning istiqboli porlokdir. Berilliy berilliy xloridni elektrolizlab olinadi. Berilliyning ikki (a va (1) shakl o’zgarishi ma’lum. a va b Berilliy 1277° temperaturada bir-biriga aylanadi. Berilliy geksagonal sistemada kristallanadi. Berilliyning zichligi 1816 kilogramm/metr kub, suyuqlanish temperaturasi 1287°, qaynash temperaturasi 247 gradus. Poling buyicha elektr manfiyligi 1,5; atom radiusi 0.113 nm; ion radiusi Ve2Q 0,030 nm, koordinasion soni 3 ga teng. Havoda sirti himoyalovchi Veo pardasi bilan qoplanishi tufayli Berilliy oksidlanmaydi. 800° dan yuqori temperaturada qizdirilganda tez oksidlanadi. Amfoterligi bilan II guruhning boshqa metallaridan farq qiladi. Berilliy suyultirilgan kislota va ishqorlarda eriydi, shu jihatdan alyuminnyga o’xshaydi. Berilliy ishqorlarning suvdagi eritmalarida eriganda, berillatlar (masalan, Na,BeO2) hosil bo’ladi. Yuqori temperaturada aksari metallar bilan o’zaro ta’sir etib, berillidlarni hosil qiladi. Berilliy f-Torid Veq ishqoriy metallar f-toridlari va ammoniy f-Torid ta’sirida sanoat uchun katta ahamnyatga ega bo’lgan f-torberillatlar (masalan, Na,BeF4)HH hosil qiladi. Berilliyning changi va uchuvchan birikmalari juda zaharli. Berilliy samolyotsozlik, raketa va yadro texnikasida, elektrotexnikada rentgen trubkalari tayerlashda mis, nikel, xrom, alyuminiy hamda temir qotishmalariga qo’shimcha sifatida qo’llaniladi. Berilliydan neytronlar maibai sifatida foydalaniladi. Berilliyning tuzlari yorug’lik texnikasida ishlatiladigan lyuminofor moddalar tarkibiga qo’shiladi.