BERILLIYLASH

BERILLIYLASH — metall yoki qotishmalarning sirtqi qatlamini 1100° gacha trada oksidlanishdan saqlash maqsadida Be bilan qoplash. Berilliylash uchun 98-99% Be (yoki ferroberilliy) va 2-1% NH4C1, yo bo’lmasa, 75% Be (yoki ferroberilliy), 23% A12O3 va 2% NH4C1 kukunlari aralashmasi ishlatiladi. Metall (yoki qotishma) ana shu aralashmada 950-1050° temperaturada 4-10 soat qizdiriladi, berilliy metall (yoki qotishma)ning sirtqi qatlamiga singib, uning korroziyaga va issiqqa chidamlilngini keskin oshiradi, boshqa xossalari ham yaxshilanadi. Berilliylash ba’zan, faqat muhim issiqlikka chidamli qotishmalar uchun qo’llaniladi.