BERK KO’LLAR

BERK KO’LLAR — suvi oqib chiqmaydigan ko’llar. Berk ko’llar suvlari, asosan, bug’lanadi va qisman er ostiga sizib ketadi. Dasht va chala cho’l zonalaridagi berk o’lkalarda va abadiy muzloq yerlar keng tarqalgan joylarda ko’p uchraydi. Berk ko’llar Sharqiy Sibir va Saxa (Yakutiya)da, O’rta Osiyoda ko’p. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Lobnor, O’lik dengiz, Issiqko’l va boshqa ko’llar Berk ko’llardir. Qurg’oqchil iqlimli joylardagi Berk ko’llarlarning suvi sho’r bo’ladi.