Berk o`lka
Berk o`lka — oqar suvlari dengiz yoki okeanga borib quyilmaydigan o`lka. Iqlim quruq kelganidan berk o`lkada suv kam bo`ladi. Berk o`lkani ayrim daryolargina kesib o`tib, okeanga quyiladi (masalan, Nil daryosi). Berk o`lkada bunday daryolarga birorta ham irmoq kelib quyilmaydi, aksincha, sug`orishga sarf bo`lishi, yer ostiga sizib ketishi va ko`plab bug`lanishi natijasida daryolarning suvi kamayib boradi.