BERLIN DEVORINING QULATILISHI
BERLIN DEVORINING QULATILISHI (1989)—2-jahon urushi oqibatida ikkiga bo’linib ketgan Germaniyaning qayta birlashishining boshlanishi. Sotsialistik jamiyat qurish yo’lini tutgan Germaniya demokratik Respublikasi (GDR)ning ijtimoiy turmush darajasi rivojlangan davlatlardagiga nisbatan ancha orqada qoldi. G’arbiy Germaniya esa urush asoratini tezda bartaraf etib, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan o’rin egalladi. Nemis xalqining bir lashish orzusi 1989 yilning so’ngida taqiq ramzi bo’lmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi. Yer yuzida «Sovuq urush» xavfi kamaygani, jahon tinch o’zgarishlar davriga kirgani, bir-biriga zid tuzumlar o’rtasidagi ixtilofning barham topishi, qurolsizlanish va iqtisodiy hamkorlik yo’lidagi ilk qadamlar ikki Germaniya davlatining qo’shilishiga zamin hozirladi. Bu harakat 1990 yil aprel—may oylarida GDR va Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) hukumatlari tomonidan shartnomalarning imzolanishi hamda GDR xalq palatasining Germaniya Demokratik Respublikasi GFR tarkibiga qo’shilishi haqidagi 1990 yil 3 noyabr qarori bilan muvaffaqiyatli yakunlandi.