BERLIN KONFERENTSIYASI
BERLIN KONFERENTSIYASI (Potsdam konferentsiyasi) (1945, 17 iyul— 2 avgust, Potsdam shahri) — ikkinchi jahon urushida g’alaba qozongan davlatlarning boshliqlari — I. V. Stalin (SSSR), G. Trumen (AQSh) va U. Cherchill (28 iyuldan — K. Ettln, Buyuk Britaniya) ishtirok etgan konferentsiya. Berlin konferentsiyasi maqsadi urushdan keyingi dolzarb xalqaro muammolarni hal etishdan iborat edi. Berlin konferentsiyasi Yevropaning urushdan so’nggi tuzilishi masalalari yuzasidan qaror qabul qildi. Germaniyani to’la demilitarizasiyalash, uning monopoliyalarini yo’q qilish. Fashistlar hujumiga uchragan davlatlarga urush natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadigan reparatsiya, Polshaning g’arbiy chegaralari to’g’risida qaror chiqardi.