BERLIN KONGRESSI

BERLIN KONGRESSI (1878) Berlinda chaqirilgan xalqaro Kongress. Unda Buyuk Britaniya, Avstriya Vengriya, Rossiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya va Turkiya qatnashgan. Bolqonda yirik slavyan davlati — Bolgariyaning paydo bo’lishi va u yerda Rossiya mavqeining oshishi Avstriya Vengriya va Angliyaga maqbul bo’lmadi. Shuning uchun ham Kongress Avstriya Vengriya va Angliya tashabbusi bilan chaqirildi. Rossiya Turkiya urushida zaiflangan hamda Germaniya tomonidan qo’llab-quvvatlanmagan Rossiya Kongress chaqirilishiga rozi bo’ldi. Buyuk davlat vakillari tomonidan kongreseda imzolangan Berlin traktati (bitimi) (1878 yil 13.7) Rossiya manfaatlariga zid edi. Bitimga muvofiq, Bolgariya Turkiyaning avtonom o’lkasi, deb e’lon qilindi. Chernogoriyaga tegishli qirg’oqlar esa Avstriya Vengriya nazorati ostiga olindi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya mustaqil davlatlar bo’lmb qoldi. Botumi, Kare, Ardaxon Rossiyaga o’tdi, Botumi barcha davlatlarning savdo kemalari uchun ochiq port deb e’lon qilindi. Berlin kongressi traktati Bolqon urushlarigacha (1912-13) o’z kuchini saqladi.