BERNULLI SXEMASI

BERNULLI SXEMASI — ehtimollar nazariyasida qo’llaniladigan tajribalarning mustaqil takrorlanishini ifodalovchi asosiy matematik modellardan biri. Bernulli sxemasi misolida ehtimollar nazariyasining muhim qonunlari (masalan, katta sonlar qonuni) ochilgan. Ya. Bernulli nomi bilan atalgan.