BERTLO
BERTLO, Vertelo (Berthelot) Per Ejen Marselen (1827.25.10—Parij 1907.18.3)—frantsuz kimyogari va jamoat arbobi. Termokimyo asoschilaridan biri. Glitserin bilan yog’ kislotalaridan tabiiy yog’larga yaqin birikmalarni sintez qilgan. Gliserinning uch atomli spirt ekanligini, etilendan sulfat kislota ishtirokida etil spirt olish mumkinligini isbotlagan (1854), Bertlo oddiy uglevodorodlardan metan, etilen, atsetilen, benzol va boshqalarni sintez qilgan. 1867 yilda vodorod yodid bilan organik moddalarni qaytarishning umumiy usulini ishlab chiqqan. Bertlo yoqilg’ilarning issiqlik berish qobiliyatini o’lchash uchun kalorimetrik bombani ixtiro qilgan. Bertlo 1861-63 yillarda frantsuz kimyogari L. Pean de Senjil bilan hamkorlikda spirt va kislotalardan murakkab efir hosil bo’lish tezligi ustida ishlar olib borib, kimyoviy kinetikata muhim hissa qo’shgan.