BERTOLLE
BERTOLLE (Berthollet) Klod Lui (1748.9.12, Talluar, Savoyya 1822.6.11, Parij) — frantsuz kimyogari, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1780), kimyoviy muvozanat haqidagi ta’limotga asos solgan olimlardan biri. Ammiak (1785), tsianid kislota (1786), vodorod sulfid (1788) tarkibini aniqlagan. Gazlamalarni xlor bilan oqartirishni tavsiya etgan va uning nomi bilan yuritiladigan Bertolle tuzi— kaliy xlorat (KS1O3) olish usulini kashf qilgan, uzluksizlik printsipini kimyoga tatbiq etgan. Bertolle frantsuz burjua revolyutsiyasi vaqtida o’q dori (porox), po’lat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda ishtirok etgan.