BESARAGOTA TIZMASI

BESARAGOTA TIZMASI — Nurota tizma tog’larining Janubiy g’arbiy tarmog’i, Navoiy viloyatida joylashgan. Eng baland joyi 556 metr. Uzunligi 12 kilometr. Janubiy g’arbiy yon bag’irlari Nurota vodiysiga sekin-asta kiyalanib boradi va kuruq soylar bilan parchalangan. Shimoliy Sharqiy yon bag’irlari Nurota tizmasi yonidagi pastqamlikka tik tushgan. Paleogen va neogenning ohaktosh, qumtosh, gil va konglomeratlaridan tuzilgan. Tizmaning quyi yon bag’irlari och bo’z, yuqori qismi esa tipik bo’z, mayda shag’alli tuproqlar bilan qoplangan. Tuproqlar eroziyaga berilganligi tufayli yer usti tuzilishi o’rqirli. Yon bag’irlarida asosan shuvoq, efemerlardan suvrang, qo’ng’irbosh, yaltirbosh, arpaxon va boshqalar keng tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.