BESHRABOT

BESHRABOT — qishloq, Navoiy viloyati Navbahor tumani markazi (1983 yildan). Navoiy shahridan 24 kilometr shimoli g’arbda. Navoiy temir yo’l stantsiyasidan 28 kilometr narida. Beshrabotdan konimex arig’i oqib o’tadi. Aholisi 5000 kishiga yaqin (2000), asosan o’zbeklar va qoraqalpoqlar. Aholisi asosan qishloq xo’jaligi (paxtachilik, chorvachilik, polizchilik va sabzavotchilik) bilan shug’ullanadi. Beshrabotda g’isht zavodi, marmarga ishlov berish tsexi ishlab turibdi. «Farzikent» mol bozori, savdo rastalari, 2 maktab, kattalar va bolalar kasalxonasi, 2 bolalar bog’chasi bor.