Betonli panel

Betonli panel – betondan tayyorlanadigan panel, ekspluatatsiya jarayonida panelning mustahkamligi fqat beton mustahkamligi bilan ta’minlanadi. Betonli panel konstruktiv armaturaga ega bo’ladi va panellarni tayyorlashda hamda tashish va devorlarni montaj qilishda yuzaga keladigan zo’riqish kuchlarini qabul qilishga mo’ljallangan hisobiy armaturaga ham ega bo’lishi mumkin. Agar armature faqat cheklangan uchastkalarga (masalan, tayanch zonalariga, muayyan joydagi yukdan hosil bo’ladigan kuchlanishlarning kontsentratsiyalanish zonalariga) qo’yilgan bo’lsa, u holda bunday paneli betonli panel deb ataladi.