BEYSHAN
BEYSHAN — Markaziy Osiyodagi tog’lik, Xitoyda, Alashan cho’li va Sharqiy Tyanshan tog’lari oralig’ida. Uzunligi qariyb 700 kilometr. Balandligi 2791 metrgacha (Maszunshan tog’i). Kristalli va metamorfik jinslardan tuzilgan palaxsali bir necha tog’dan va ularni o’yib yuborgan botiqlardan iborat. Eol relef shakllari, Toshloq cho’l va chala cho’l, sho’rxoklar keng tarqalgan. Cho’l o’simliklari o’sadi. Bir yilda 40-80 millimetr yog’in tushadi.