Bibishak
Bibishak (forscha-bibi va shoh so’zlaridan)-Sharq, jumladan, o’zbek ayollarining bezak buyumi; odatda, ayollarning bosh kiyimi (durra)ga — yakka holda peshona o’rtasiga, juft holda ikki chakkaga, ansambl holida yirik shaklda peshona va chakkalarga taqiladi. Bibishakning “mohi tilla”, “ot tuyog’i” va boshqa mahalliy atamalari bor.