BIBL

BIBL (Yunoncha, Akkadcha Gubl, qadimgi yahudiycha Gebal; Livan) — Finikiyadagi qadimgi shahar. Miloddan avvalgi 3 — 2-ming yilliklarda savdo markazi, Adonis ma’budiga sig’inish joyi. Finikiya va Rim davriga oid xarobalar saqlanib qolgan; hozirgi Jubayl shahri yaqinida o’rta asrlarga oid yodgorliklar bor.