Bibliya

Bibliya (yunoncha biblia-ayni ma’nosi kitoblar)-Tavrot, yahudiylar va xristianlarning muqaddas kitobi; Bibliya ikki qismga — Tavrot va Injilga bo’linadi. Tavrot qadimgi yahudiy (qisman aramey) tilida yozilgan bo’lib, yahudiy va xristianlar tomonidan e’tirof etiladi. Injil yunon tilida yozilgan bo’lib, u faqat xristianlar tomonidan e’tirof etiladi. Bibliya dunyo va odamning paydo bo’lishi haqidagi sodda hikoyalar, yahudiy va boshqa xalqlarning tarixiga oid diniy tusdagi rivoyatlar, diniy qonunlar va yilnomalar, turli davrlarda, turli joylarda yaratilgan asarlar, ayrim she’r, ertak, maqollar, hatto ishqiy dostonlar va shu kabi asarla to’plamidir. Bibliya qadimgi jamiyat davrlarining siyosiy tuzumi va ideologiyasini aks ettiradigan ko’pgina materiallar beruvchi qadimgi adabiy yodgorliklardan biri.