BIDIYORSHUM TO’DASI

BIDIYORSHUM TO’DASI — 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida Qo’qonda ijod qilgan o’zbek professional aktyorlar uyushmasi («Kasabai sozanda»), korfarmoni — Bidiyorshum. Bidiyorshum to’dasi Xudoyberdi ustoz, Rustam Hofiz, Boymat Hofiz, Abdurahmonpari, A’zamxonqiziq, Zokir eshon singari qiziqchi aktyorlar, sozanda, Hofiz, raqqoslardan iborat bo’lib, ular saroy oldidagi maydonda, shahar Chorsusida va sayilgohlarda tomosha ko’rsatgan. Bidiyorshum to’dasining repertuari, asosan, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat bo’lgan. O’zbek aktyorlik hamda dramatik teatr san’ati estetikasi, tartib va qoidalarini takomillashtirishda muhim rol o’ynagan. Aktyorlarning nutq talaffuziga katta e’tibor berilgan. Ad.: Rahmonov M., O’zbek teatri tarixi, T., 1968.