BIFIDOBAKTERIYALAR
BIFIDOBAKTERIYALAR (lotincha Bifidus — ikkiga bo’lingan, ayri va bakteriyalar) — sut achituvchi bakteriyalar turi, foydali mikroblar; Bifidobakteriyalar spora hosil qilmaydigan gram musbat ayri uchli tayoqchalar shaklida bo’lib, chirituvchi va kasallik tug’diruvchi mikroblarning rivojlanishini to’xtatadi, uglevodlarning hazm bo’lishini ta’minlaydi, shuningdek V, K, qisman S vitaminlar hosil qiladi. Bola ko’krakdan ajratilgach, Bifidobakteriyalar o’rniga ichakning odatdagi mikroflorasi paydo bo’ladi. Uning tarkibida ham Bifidobakteriyalar bo’ladi. Ichak disbakteriozini davolashda Bifidobakteriyalar dori sifatida qo’llaniladi.