Bill

Bill (inglizcha bill, bulla-muhr, hujjat so’zidan)-dastlab qo’lyozma, yorliq ma’nosiga ega bo’lgan. Keyinchalik ingliz huquqida turli ma’nolarda ishlatilgan: ma’muriy boshqaruvga savdo-sotiqqa, sudlov munosabatlari va boshqalarga oid turli hujjatlar anglashilgan. Asosan, parlament muhokamasiga qo’yilgan qonun loyihasi, shuningdek, alohida qonunlar nomi (masalan, “Huquqlar to’g’risidagi Bill”).