BIMETALLIZM

Ma’nosi

BIMETALLIZM — pul tizimi bo’lib, unda umum ekvivalentlik roli ikkita asl metallar (odatda, oltin va kumush) bilan mustahkamlanadi va ularda har ikki metalldan yasalgan tangalar cheksiz muomalada bo’lishi ko’zda tutiladi. Bimetallizmning ikki turi ma’lum: 1. Parallel valyuta tizimi bo’lib, unda oltin bilan kumush o’rtasida ma’lum nisbat qonun bilan belgilanmaydi. 2. Ikkiyoqlama valyuta tizimi bo’lib, unda davlat har ikki metall o’rtasidagi ma’lum nisbatni qayd etadi.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar