BINAR NOMENKLATURA

BINAR NOMENKLATURA (lotincha binarius — qo’sh) — o’simlik yoki hayvonning qo’sh nom — turkum (hayvonlarda urug’) va tur nomi bilan atalishi. Lotin tilida o’simlik va hayvonlarni qo’sh nom (Binar nomenklatura) bilan atash qabul qilingan. Masalan, Tulipaferganica (farg’onalolasi): Tuli pa—turkum, ferganica — tur. Qo’sh nom o’zbek tilida ham qadimdan bor, masalan, mirza terak, baqa terak, oq tol, oq tut, qora tut, shoh tut va hokazolar.