BINAURAL EFFEKT
BINAURAL EFFEKT (bi… va lotincha Auris — quloq) — tovush qabul qilish a’zosi (quloq) orqali odam yoki hayvonlarning tovush chnqqan tomonni aniqlay olish qobiliyati. Tovush manbaga yaqin tomondagi quloqqa tezroq eshitiladi, shuning uchun tovush to’lqinining bosimi har ikki quloq kanalida faza va amplituda jihatdan farq qiladi. Bu farq yuksak chastotali tovush uchun katta bo’ladi. Uzun to’lqin (past chastotali) boshni aylanib o’ta olgani uchun past chastotada ikkala quloqqa eshitilgan tovush amplitudalarining farqi kichik bo’ladi. Amplitudalar farqi 1 db dan ortiq bo’lsa, tovush manbai katta amplitude tomonda bo’ladi. Binaural effektdan radiotexnika va kinotexnikada foydalaniladi. Tovush qabul qilgichlar orasidagi masofani o’zgartirib, Binaural effektni kuchaytirish mumkin; masalan, tovush pelengatorlarining ishi shunga asoslangan.