BIOGEN AMINLAR
BIOGEN AMINLAR, proteinogen aminlar — organizmda hosil bo’ladigan azotli organik birikmalar. Biogen aminlarning aksarisi — gistamin, serotonin, noradrenalin, adrenalin, tiramin va boshqa biologik faol modda bo’lib, bosh miya po’stlog’ida va uning ostidagi markazlarda tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlariga ta’sir etadi, tomirlarni kengaytirish yoki toraytirish yo’li bilan qon bosimini o’zgartiradi va organizmda boshka o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Odam va hayvonlar ichagida chirituvchi mikroblar ta’sirida hosil bo’ladigan bir qancha Biogen aminlar organizm uchun zaharlidir.