Biolaboratoriya
Biolaboratoriya — qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari va kasalIiklarga qarshi kurashni biologik usullar bilan amalga oshiradigan va uni nаzorat qiladigan muassasa. Bu yerda hasharotlarning tabiiy kushandalari (entomofaglar) ko’paytirilib, ekinzorlarga qo’yib yuboriladi va tabiatda ularning ko’payishiga qulay sharoit yaratiladi.