«BIOLOGIK SOAT»

«BIOLOGIK SOAT» — odam, hayvonlar va parrandalarning vaqtni his qilish (mo’ljallay olish) qobiliyati. Hujayralarda yuz beradigan fizik-kimyoviy va fiziologik jarayonlarning qat’iy davriyligi, ya’ni biologik marom (sur’at)ga asoslangan. Organizmdagi davriy o’zgarishlar maromi tabiatdagi tabiiy tanlash jarayoni tufayli irsiy jihatdan avloddanavlodga o’tadi va geofizik omillarning tsiklik o’zgarishlariga bog’liq bo’ladi. «Biologik soat» ayniqsa hayvonlar va parrandalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, kech tushishi bilan podadagi mollar uylariga qayta boshlaydi, qo’nlar bog’liqturgan bo’lsa, uyi tomonga qarab ma’rayveradi, tovuqlar har kuni bir vaqtda qo’noqlariga chiqadi va hokazolar. Ayniqsa, qushlarda «Biologik soat» hissi juda nozik bo’ladi. Masalan, Quyosh botishi bilanoq chumchuqlar chirqillay boshlaydi, buni ro’za kunlari har kuni og’iz ochishni kutib o’tirgan paytda kuzatish mumkin. Odamda ham «Biologik soat» qobiliyati anchamuncha taraqqiy etgan bo’ladi. Masalan, ishga barvaqt boradigan odam uyg’otgichsoat bo’lmasa ham o’z-o’zidan har kuni bir vaqgda turadi. Lekin odamda bu xususiyat uning charchaganlik darajasiga bog’liq bo’lishi, ya’ni kun bo’yi charchab, quyosh yotgan odam mo’ljaldagi vaqtda uyg’onolmay qolishi mumkin. Bunday holda uyg’otgich soat ham asqotmaydi. Odam har kuni bir paytda turishi uchun bir xil vaqtda uyquga ketishi, asabi tinch bo’lishi lozim.