BIOLOGIYA STANTSIYALARI
BIOLOGIYA STANTSIYALARI — o’simlik va hayvonlarni tabiiy sharoitda har taraflama o’rganish hamda eksperimental tadqiqotlar o’tkazish uchun mo’ljallangan ilmiy tadqiqot muassasalari. Biologiya stansiyalarida amaliy jihatdan ahamiyati katta masalalar (masalan, iqlimlashtirish, baliq ovlash, baliq urchitish, dasht va baland tog’li hududlarni o’zlashtirish, tabiiy komplekslarning biologik mahsuldorligini oshirish va hokazolar)ni hal qilish bilan boglik muammolar ham ishlab chiqiladi. Biologiya stansiyalari tabiiy sharoiti va tirik organizmlarning o’ziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladigan hududlarda joylashgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutining Qizilqum cho’l zonasidagi Biologiya stansiyalari, Rossiyadagi Murmansk Biologiya stansiyalari, Qirg’izistondagi Issiqko’l Biologiya stansiyalari, Armanistondagi Sevan ko’li Biologiya stansiyalari, Moskva viloyatidagi Moskva davlat universitetining Biologiya stansiyalari shular jumlasidandir. Biologiya stansiyalarida zamonaviy asbobuskunalar bilan jihozlangan lab. bo’ladi. Ularda yuqori malakali ilmiy xodimlar ishlaydi, Biologiya stansiyalari ilmiy tadqiqot ishlari yakunlarini nashr ettirish huquqiga ega.