Biomassa

Biomassa — Jonli massa — o’zi yashab turgan maydon yoki hajm birligiga to’g’ri keladigan biron organizm (populyatsiya, tur, turlar guruhi, uyushmasi) massasi (og’irlig’i) yoki tirik modda energiyasi miqdori (kg/ ga, kg/ mЗ). Bular ho’l yoki quruq moddalar holida ifodalanadi. O’simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi.