BIOTOP
BIOTOP (bio… va Yunoncha topos — joy) — yer sirti (quruqlik yoki suv havzasi)ning muhit sharoitlari bir xil va muayyan biosenoz bilan band bo’lgan qismi; turlarning makoni. Masalan, qumloq cho’lning tabiiy-geografik sharoiti parpioyoq, jun oyoqli ko’shoyoq, qumsichqon kabi parrandalar, qizilqumloq, matrap kaltakesakcha kabi gazandalar, qumsabzi, temir tikan, isiriq kabi o’simliklar hayotini ta’min etadi.