BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOLALAR JAMG’ARMASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOLALAR JAMG’ARMASI (YUNISEF) — BMTning asosiy jamg’armalaridan biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor bo’lgan Yevropa bolalariga g’amxo’rlik ko’rsatish maqsadida 1946 yilda tuzilgan. 1953 yildan BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, YuNISEFga a’zo bo’ldi va u bilan yaqin hamkorlik o’rnatdi. Jamg’arma tomonidan bolalarni immunizasiya qilish, boshlang’ich maktab o’quvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suv bilan ta’minlash, vaktsinalar yetkazib berish bo’yicha uzoq muddatli dasturlar, Orolbo’yi aholisiga yordam ko’rsatish yuzasidan maxsus dastur, «Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi» ishlab chiqilgan.