BISSEKTRISA
BISSEKTRISA (lotincha bis — ikki marta va secare — kesish, kesuvchi) — biror burchak uchidan chiquvchi va uni teng ikkiga bo’luvchi nur (to’g’ri chiziq). Burchakning simmetriya o’qi hisoblanadi. Masalan, uchburchak Bissektrisasi uning ichki burchagidan shu burchak qarshisida yotgan tomon bilan kesishish nuqtasigacha tushgan kesma. Uchburchak ichki burchaklarining uchala Bissektrisasi bir umumiy nuqtada kesishadi, bu nuqta uchburchak ichiga chiziladigan aylananing markazi bo’ladi.