BLEKETT

BLEKETT (Blacken) Patrik Meynard Styuart (1897. 18.11, London 1974. 13.7) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1933) va prezidenti (1965-70). O’zi takomillashtirgan Vilson kamerasi yordamida kosmik nurlar fizikasiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1948).