BLEKPUL

BLEKPUL (Blackpool)— Buyuk Britaniyaning g’arbidagi shahar, Lankashir grafligida. Irlandiya dengizi sohilida. Aholisi 144 ming kishidan ortiq. Kurort shahar. Angliya siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari konferentsiyalar o’tkazadigan joy.