BLIDA
BLIDA — Jazoir shimoldagi shahar. Blida viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 171 ming kishidan ziyod. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat (un tortish, konserva, vinochilik), kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari va aerodrom bor; zaytun moyi va xushbo’y dorivorlar ishlab chiqariladi. Tsitrus mevalari etishtiriladigan r-n markazi. Uncha katta bo’lmagan to’qimachilik fabrikalari bor. 16-asrda tashkil etilgan.