BLINDAJ
BLINDAJ (Fransuzcha blindag<blinder — qalqon, g’ov, to’siq) — bomba, to’p o’qi hamda minadan saqlanish uchun qurilgan mustahkam yerto’la (harbiy istehkom). Blindaj devorlari shibbalanadi, usti yog’och, temirbeton va tuproq bilan yopiladi. Birinchi marta Sevastopol mudofaasi (1854-55)da qo’llanilgan. 1-jahon urushi (1914-18) va 2-jahon urushi (1939-45) da Blindajdan keng foydalanilgan.