BLOK KONTAKT
BLOK KONTAKT — avtomatik boshqarish tizimi (sistemasi) elektr apparatlari, relelari va kontaktlarida qo’llaniladigan va kichik qiymatli boshqarish toklariga mo’ljallangan elektr kontakt. Blok kontakt zanjirining toksiz normal holatida ochiq yoki berk ko’rinishlarda tayyorlanadi, belgilangan vazifalarga binoan ularning soni turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, asinxron dvigatelni o’ng va chap tomonlarga aylantirib ishga tushiradigan ikkita kontaktning har birida bir juft ochiq va berk Blok kontaktlar bo’lishi kerak. O’ng kontaktor g’altagi ulangan zanjirga chap kontaktorning normal berk, chap kontaktornikiga o’ng kontaktorning normal berk Blok kontaktlari ketma-ket ulanib, bosh zanjirda o’ta xavfli kiska tutashish toki sodir bo’lishining oldini oladi. Yoki dvigatelni o’ng va chap tomonlarga aylantirish uchun tegishli tugmachalar bosiladi. Blok kontaktlardan avtomatik boshqarish va himoyalashda foydalaniladi.