BLOK KONTAKTOR
BLOK KONTAKTOR — boshqarish va signalizatsiya zanjirlarini almashlab ulaydigan apparat (kommutatsiya apparati). Unda bir necha guruh blokkontakt bo’ladi. Blok kontaktor ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan tokda ishlaydigan elektromagnit yuritma bilan jihozlanadi.