BLOK SIYOSIY

BLOK SIYOSIY — davlatlar, partiyalar, guruhlar o‗rtasida doimiy va vaqtincha tuziladigan bitim (ittifoq). Birgalikda harakat qilish yo’li bilan umumiy siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladi. Blok siyosiy o’z tarkibiga kiruvchi davlat, partiya va guruhlarning bevosita aholiga murojaat etishi, saylovlarda bir nomzodni ko’rsatishi, yagona siyosiy yo’lni ishlab chiqishi, koalitsiyaviy hukumat tuzishi kabi shakllarda uchraydi.