BLOKING-GENERATOR
BLOKING-GENERATOR — muayyan vaq oralig’i (intervali)dan keyin takrorlanadigan qisqa muddatli (taxminan 1 mks) elektr impulslari ishlab chiqaradigan generator; transformatorli teskari aloqa sxemasida ishlaydigan relaksasion qurilma. Impulslar qisqauzunligini kondensator sig’imini o’zgartirish yo’li bilan rostlab turish mumkin. Impuls texnika qurilmalarida, televizion va radiolokasion yoyuvchi qurilmalarda qo’llaniladi.