BLOKIROVKA
BLOKIROVKA (inglizcha to bloch to’sish) — apparat, mashina ish organlari (elementlari)ni yoki elektr sxemalarni ma’lum holatda (Blokirovka ta’siri olinganda ham saqlanadigan holatda) tutib turishni ta’minlaydigan usullar va vositalar majmui. Blokirovka mexanik, optik, magnit yoki elektrik (sxemali) ta’sir vositasida amalga oshiriladi, apparat va mashinani dastlabki holatiga qaytaruvchi yoki ruxsat etiladigan yangi ish holatiga o’tkazuvchi qismiga ta’sir etib Blokirovka ta’siri to’xtatiladi. Blokirovka transportda, energiya tizimlarida, elektr stansiyalarida, sanoat korxonalarida, hisoblash texnikasida, ishlab chiqarish va turmushda ishlatiladigan turli apparat va asboblarda qo’llaniladi.