BLOXIN NIKOLAY NIKOLAYEVICH
BLOXIN NIKOLAY NIKOLAYEVICH [1912. 21.4 (4.5), Nijniy Novgorod gubernyasi Lukoyanov shahri — 1993] — xirurgonkolog, akadrmik (1979), tibbiyot Fanlar Akademiyasi akademik (1960) va Prezidenti (1960-68; 1977— 87), 1952 yildan o’zi tashkil etgan tibbiyot Fanlar Akademiyasi eksperimental va klinik onkologiya instituti direktori; onkologiya ilmiy markazi direktori (1975 yildan). Ilmiy ishlari to’g’ri ichak va me’da rakini plastik operatsiya qilish va jarrohlik yo’li bilan davolash usullariga bag’ishlangan. Xalqaro Rakka qarshi uyushma prezidenti (1966 yildan), shu uyushmaning faxriy prezidenti (1970 yildan).