BLUMING

BLUMING, blyuming : (inglizcha blooming) — po’lat quymalardan Chblul olish uchun mo’ljallangan prokatlash stani. Prokatlash (siqish) valiklatrich ning diametri (yo’g’onligi) bilan ifodalanadi, masalan, Bluming 1500 (bu yerda 1500 millimetr — valik diametri). Blumingda 12 tonnagacha va undan ham og’ir po’lat quymalardan Blum tayyorlanadi. Ba’zi hollarda Blumingda slyablar hamda shakldor zagotovkalar (yirik dvutavr to’sinlar, shveller va boshqalar) olinadi. Metallurgiya zavodlarida Bluming po’lat quyish tsexi bilan prokat tsexi orasidagi bog’lovchi zveno hisoblanadi. Bluming ish kleti (katagi), vallarni harakatga keltiruvchi asosiy elektr dvigatellar va mexanizmlardan iborat. Bluming tsexida texnologik jarayonning o’tish tartibi: qaynoq quyma po’lat eritish tsexidan temir yo’l platformalarida qizdirish qudug’iga keltiriladi; quymalar quduqqa tik tushirilib, 1100 1300°S gacha qizdiriladi, har bir quyma maxsus moslamada Blumingning qabul rolgangiga keltiriladi; quyma Bluming vallari orasidan bir necha marta o’tkaziladi (har bir o’tishda quyma 40-20 millimetr qisiladi), natijada po’lat polosalari hosil bo’ladi; polosalar katta qaychilar bilan alohida blumlarga kesiladi. Bular rolganglar yordamida sovitgichlarga, u yerdan esa omborga yuboriladi. Bluming po’latni yirik quymalar tarzida quyishga, tayyor prokatning sifatini oshirishga imkon beradi. L.Y.Mirboboyev V. A., Vasilev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971.