BLYUZ

BLYUZ (inglizcha blues, blue devils — g’amginlik, dilgirlik) — Missisipi qoratanlilarining yakka ijro etiluvchi lirik qushig’i; odatda.qayg’u, hasrat, baxtni qo’msash kayfiyatlarini ifodalaydi. 19-asr oxiridan ma’lum; 20-asr boshidan shaharlarda yashovchi qoratanlilar orasida ham tarqala boshlaydi va professional musiqachilar ijodida mumtoz shakliga ega bo’ladi. Ilk namunalari — U. Xendining «Memfis blyuz» (1912) va «Senlui blyuz» (1914). Blyuz sirg’anuvchi ohanglar («Blyuz ohanglari»), sinkopalar, ijroviy badihago’ylik kabi xususiyatlarga ega. Blyuz — jaz san’atining asosiy manbalaridan biri.