BOCHKA

BOCHKA — 1) samolyotda uchishning murakkab usuli. O’z uchish yo’nalishini saklagan holda samolyotni bo’ylama o’qi atrofida qanoti bilan to’liq aylantirib, dastlabki holatiga qaytarishdan iborat. Bu usul uchuvchidan katta mahorat talab qiladi; 2) qadimgi rus suyuqlik hajmi o’lchov birligi. Qiymati 40 paqir (491,96 l) ga teng bo’lgan; 3) kemalarning prichaldan narida to’xtab turishi uchun o’rnatiladigan metall qalqovuch. Suv tubidagi gruntda yotgan zalvar yakor (changak) bilan bog’liq bo’lgan zanjir (bridel) Bochkani tutib turadi; 4) suyuqlik (suv, yog’, pivo va boshqalar) solib qo’yiladigan dumaloq idish. Yog’och, metall, plastmassadan yasaladi.