BODIYA

BODIYA — cho’li biyobon, dasht. Bu termin tarixiy yodgorliklarda, jumladan «Boburnoma», «Shayboniynoma» asarida uchraydi. Karmana shahrining bir nomi Bodiyai Xo’rdak bo’lgan, Narshaxiy bu nomni «Kichik ko’za» deb izohlagan; aslida «Kichik cho’l» bo’lishi ehtimol.

BODIYA — tagi dumaloq va baland, qirg’og’i tik chuqur sopol idish (lagan). Bodiya sirlanadi, turli naqsh mujassamotlari bilan bezatiladi. Xorazm kulolligida qadimdan keng tarqalgan, kichikroq xili «Chanoq Bodiya»deb ataladi.